12 aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari Olmazor tumanidagi «G’alaba» bog’iga tashrif buyurishdi. Malumki, «G’alaba» bog’i O’zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoev tashabbusi bilan fashizm ustidan Buyuk G’alabaning 75 yilligiga bag’ishlab ochilgan. Park ekspozisiyasida muzey devorlari ichida jonlanib kelayotgandek urush davri manzaralari, harbiy oficerlarning manikenlari, xandaklar, dubinkalar va dala oshxonalari, temir yo’l vokzali, eski kutubxonalar bo’lgan joylar kompoziciyalari aks ettirilgan. SHuningdek, muzeyda urush yillaridagi harbiy qurollarning noyob ko’rgazmasi mavjud. Bog’ hududida, ochiq havoda, harbiy texnika va qurol-yarog’ ko’rgazmasi bilan yaqindan tanishish mumkin. Bog’ning markaziy xiyoboniga Stalingrad jangi paytida bebaho harbiy qaxramonlik ko’rsatgan ulkan qo’shinni boshqargan o’zbek o’g’loni general Sobir Rahimov boshchiligidagi urush qahramonlari va qatnashchilari haykali o’rnatilgan.