Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi Xalqaro yoshlar forumida 1-darajali diplom bilan taqdirlandi

Xalqaro yoshlar forumi

Toshkent tibbiyot akademiyasining  Xalqaro fakultet talabasi Farruxjon Ashurboyev 12-13-14-aprel kunlari  Rossiya Federatsiyasining Qozon davlat tibbiyot universiteti tomonidan tashkillashtirilgan  «БЕЛЫЕ ЦВЕТЫ» Xalqaro Yoshlar tibbiy forumida qatnashib Absolyut chempionlar qatoridan joy oldi hamda 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Talabamizning tibbiy ilmiy ishi forumda yuqori baholanib hay’at a’zolari tomonidan bir ovozdan «Tayyor dissertatsiya» va «Tayyor aspirant» so’zlari bilan  samimiy qutlandi.

Shu bilan bir qatorda ta’lim berayotgan ustozlariga cheksiz minnadorchilik bildirildi. Juda katta mashtabga ega bo’lgan ushbu forumda Toshkent tibbiyot akademiyasi faolligi va barcha forum yo’nalishlarda yuqori natijalarga erishilganligi uchun Toshkent  tibbiyot akademiyasi rektoriga  «Благодарственное письмо» tantanali ravishda taqdim etildi.

Xalqaro yoshlar forumi Xalqaro yoshlar forumi Xalqaro yoshlar forumi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan