Toshkent tibbiyot akademiyasi va Rossiyaning Qozon davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Davolash ishi» qo‘shma ta‘lim dasturi bo‘yicha Qozon shahrida tahsil olayotgan xalqaro fakultet talabalari O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasini qabul qilish bo‘yicha referendumda muddatidan oldin ovoz berish jarayonida ishtirok etdi.