1-son davolash fakulteti tyutorlari tomonidan 9-may xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Motamsaro ona haykali xotira maydoniga tashrif buyurildi.
Motamsaro ona haykali – ikkinchi jahon urushida halok bo’lgan O’zbekistonlik jangchilar xotirasiga bag’ishlab Toshkent shahrida 1999 yilda bunyod etilgan bo’lib, «Xotira va qadrlash» maydoniga o’rnatilgan haykaldir. Unda farzandlari urushdan qaytmagan motamsaro ona qiyofasi aks ettirilgan. Onaning yuzlarini ajin bosgan, qaddi bukilgan, g’amga to’la nigohlari yerga qadalgan.
Tashrif davomida talabalar ushbu maydonda o’rnatilgan motamsaro ona haykali poyiga gul qo’ydilar va hurmat bajo keltirdilar.