“MIKROBIOLOGIYA, VIRUSOLOGIYA VA IMMUNOLOGIYA” XALQARO FAN OLIMPIADASI

e'lon

 

TOSHKENT TIBBIYOT АKАDEMIYASI MIKROBIOLOGIYA, VIRUSOLOGIYA VA IMMUNOLOGIYA

VA S.J.ASFENDIYAROV NOMIDAGI QOZOG‘ISTON MILLIY TIBBIYOT UNIVERSITETI MIKROBIOLOGIYA VA VIRUSOLOGIYA KAFEDRALARI

“MIKROBIOLOGIYA, VIRUSOLOGIYA VA IMMUNOLOGIYA”

XALQARO FAN OLIMPIADASI

AXBOROT XATI

 O‘TKAZILISH SANASI: 15.05.2023

HURMATLI TALABALAR!

Sizlarni “Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya” Xalqaro fan Olimpiadasiga taklif qilamiz!

Olimpiada 15.05.2023 yil Toshkent vaqti bilan 9:30 da onlayn formatda o‘tkaziladi.

Olimpiada o‘zbek, rus, ingliz tillarida va 3 bosqichda o‘tadi. 1 bosqich – Google platformasida test shaklida, 2 bosqich – vaziyatli masalalarni yechish va 3 bosqich – amaliy ko‘nikmalarga javob berish ZOOM platformasida bo‘lib o‘tadi.

Saralash: 1 bosqichda eng yuqori ball to‘plagan 20 nafar ishtirokchi keyingi bosqichlarga o‘tkaziladi. 

RO‘YXATDAN O‘TISH JADVALI:

Talaba  
OTM nomi, kursi
Talaba F.I.O. (3 ta tilda)  
Telefon raqami va elektron pochtasi  
Ilmiy rahbar
F.I.O. (3 ta tilda)  
Telefon raqami va elektron pochtasi  

! Olimpiadada ishtirok etish uchun:Zuxraorinbaeva91@gmail.com pochtasiga yoki @Zuxra0905 telegram orqali 2023-yil 30-aprelgacha ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Aloqa telefonlari: +998 90 167 68 38; +998 90 724 21 88.

Olimpiada tashkilotchilari: Rais TTA, Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Z.A.Nuruzova;

Rais o‘rinbosari S.J.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti Mikrobiologiya va virusologiya kafedrasi mudiri, t.f.d., professor B.A.Ramazanova

Moderatorlar: TTA, Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi dotsenti, t.f.n. N.T.Yodgorova va Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi assistenti Z.N.Orinbayeva, S.J.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti Mikrobiologiya va virusologiya kafedrasi dotsenti, t.f.n. K.K.Mustafina

Hurmat bilan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Mikrobiologiya,

virusologiya va immunologiya kafedrasi.

Olimpiadamizda barcha talabalarni ishtirokidan mamnun bolamiz va

Sizga omad tilaymiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan