Joriy yilning 11-may kuni Sog’liqni Saqlash Vazirligi delegatsiyasi AQSHning WEBSTER universitetiga tashrif buyurgan edi.
AQShning “Webster”universiteti bilan hamkorlik olib borish yuzasidan Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori A.K.Shadmanov yaqindan tanishdi va Oliy malakali hamshiralik ishi magistratura bosqichida davom ettirish va Tibbiy biologiya kafedrasi bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishga kelishdilar.
Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori A.K.Shadmanov AQShning “Webster” universitetidan tashrif qilgan Maykl R. Halsizer va Simone Kammingslarni qabul qildilar va keng formatda uchrashuv o‘tkazildi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining rahbariyati Webster universiteti Toshkentdagi filialining «Bitiruvchilar – 2023» marosimiga taklif qilindi va ishtirok etishdi.
Toshkent tibbiyot akademiyaning Webster universitet Prezidenti Julian Shuster tashrif buyurdilar.
Muloqot yakunida imzolangan ikki tomonlama hamkorlik shartnomasiga ko’ra, yangi o’quv yilidan Akademiyada «Oliy hamshiralik ishi» va «tibbiy bioinjeneriya» yo’nalishlari bo’yicha to’liq AQSh ta’lim standartlari asosida tahsil berish boshlanishi kelishib olindi.