O‘zbekistonda ilk bor ADAMED SmartUP faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Adamed Foundation iqtidorli yoshlar kamolotini qo‘llab-quvvatlash hamda aniq va tabiiy fanlarni ommalashtirishga xizmat qiluvchi flagman ta’lim dasturi hisoblanadi.
Joriy yilning 16 sentabr kuni Polsha Respublikasi elchisi, shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektori proffessor Shuhrat Baymuratov , Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litsey direktori Alisher G‘aniyev, tashkilotning O‘zbekiston bo‘yicha menejeri Dinara Ibadullayeva, Polshadagi Adamed bosh qarorgohi menejeri Anjey Bober , Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litsey professor-o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirokida birinchi o‘zbek nashri ADAMED SmartUP Academy dasturining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Adamed jamg’armasining asosiy maqsadi ta’lim va bilimlarni rivojlantirish ayniqsa, iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlashdan iboratdir.Shu maqsadda O‘zbekistondagi hamkor bo‘linmalar bilan birgalikda o‘quvchi yoshlar, yosh fan ixlosmandlari uchun bepul shanbalik seminarlarini tashkil etilishni yo‘lga qo‘ydi.
ADAMED SmartUP Akademiyasining bu yilgi ilk faoliyatini Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda akademik litsey tomonidan tanlab olingan dasturda ishtirok etish uchun taklif qilingan akademik litseyning eng yaxshi 20 nafar o‘quvchilari ishtirokida faoliyatni yo‘lga qo‘ydi.
ADAMED SmartUP Akademiyasi eng yaxshi tibbiyot oliygohlarining tajribali professor-o‘qituvchilari tomonidan akademik litsey o‘quvchilari ishtirokida amaliy mahorat darslari va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan iboratdir. Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad professional va zamonaviy laboratoriyalarda ishlash, tajribalar o’tkazish tabiiy fanlardan bilim olish imkoniyatini beradi.
O‘tkazilgan mashg‘ulotlar yordamida akademik litsey o‘quvchilariga o‘zining bo‘lajak ilmiy va kasbiy yo‘lini belgilab olish imkonini yaratadi. Amaliy ko‘nikmalar kelajakda o‘z samarasini berishi shubhasizdir.
Adamed Pharma kompaniyasi dunyo hamjamiyatida innovatsiyalar rivojlanishining asosiy yetakchilaridan biri bo’lib kelmoqda. O’zbekistonda ham ko’p yillardan buyon bu loyihalarga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Adamed jamg‘armasi orqali O‘zbekiston yoshlari bilim olishi va uni kelajakda tatbiq etgan holda sog‘liqni saqlash tizimi va tibbiyoti rivojiga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirib hamkorlik aloqalari yillar davomida amalga oshishiga ishonch bildiramiz.