Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olayotgan talabalarni bandligini ta’minlash maqsadida 2022-yil 11-may kuni hamkor tashkilotlar ishtirokida navbatdagi “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Yarmarkada Shayxontohur tumanidan Sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli 19 ta muassasa va Shayxontohur tuman bandlik markazi oʻzlaridagi mavjud boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbir davomida talabalarga hududdagi korxona va tashkilotlardagi boʻsh ish oʻrinlar tanishtirilib, mehnat qilish bilan bogʻliq boʻlgan haq-huquqlari boʻyicha maslahatlar berildi va ularga ma’qul boʻlgan ishlar taklif etildi.
Shu bilan birga, yarmarka davomida kelgusida oʻz kasblari va mutaxassisliklari boʻyicha ma’lum bir ish oʻrniga ega boʻlish istagini bildirgan 200 dan ortiq talaba qatnashdi. Shundan 44 nafar talabalar ish bilan ta’minlandi.