#Yashil_makon
⚡️2022-yilning 2-noyabr kuni davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, mazkur loyiha doirasida yiliga 200 mln. tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish belgilangan edi.
Bunday keng ko‘lamli tashabbusning amalga oshirilishi natijasida shaharlarimizdagi yashil maydonlar hududi hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshiriladi.
????Ushbu xayrli ishga Toshkent tibbiyot akademiyasi o‘z hissasini qo‘shmoqda. Jumladan, Atrof muhit gigiyenasi kafedrasi pedagoglari 2023 yilning 18 mart kuni «Xislat» mahallasi hududiga daraxt ko‘chatlarini ekishdi.