1978 yilda Angliyada lingvistlarning 1-Umumjahon se’zdi bo‘lib o‘tgan. Unda “ insoniyat tarixidagi eng ulkan ixtiro yoki kashfiyotni ko‘rsating1” degan savolnoma bo‘lgan. Shunda mazkur qurultoy ga jahonning 136 mamlakatidan tashrif buyurgan 312 ta olimning 176 nafari . ya’ni 56,5% qismi “ 1446 yilda Olmoniyada Gutenberg tomonidan kitobning tipografiya usulida chop etilishidir” deb javob berishganlar. E’tibor bering, ular inson oyog‘ining oyga yetishi emas, atom bombasining ixtirosi , poroxning yaratilishi emas, balki aynan kitobning tipografiya usulida chop etilishi deb e’tirof etmoqdalar.Demak. inson taraqqiyotida.tamaddunida kitobning o‘rnini bosa oladigan narsa kam ekan.Ana shu kechmish 600 yilga yaqin muddat mobaynida adadi bir milliarddan oshgan kitoblar ichida Bibliya va Qur’oni karimlar bor.
Uzoq yillar kitob umrimizning mohiyatiga aylanib uylarimiz to‘ridan joy oldi. Bamosoli oftobdek hayot yo‘llarimizning yoritib, mayoq singari kelajak manzillarimizni belgilab berdi. Men bir umr kitob yig‘dim. Shaxsiy kutubxonamda 35 mingga yaqin turli til, turli mavzularda bitilgan kitoblar bor. O‘zim 86 ta kitob chop etdim va hanuzgngacha bu savobli ishda bardavomman. Ammo, oxirgi yillarda kitobning o‘rni ikkinchi qatorga surilib, mavqei biroz kamaydi nazarimda.Bunga bir qancha obyektiv va subyektiv sabablar bor, nazarimda. Oxirgi yillarda raqamli texnologiyalar kuchayib. Namoyish materiallarining tele-audio nusxalari ommalashdi. Ahvol shu darajaga borib yetdiki, bundan o‘n yilcha muqaddam o‘zicha islohotchi-reyenformator bir rektor “ Talabalar qoloqlarga o‘xshab kitob ko‘tarib yurmasin, u o‘tgan asrning qoldig‘i. Hammasi noutbuk .netbuk,yohud planshet ko‘tarib kelsin. Shularni olib kelmagan talabalarni mashg‘ulotlarga qo‘ymanglar” qabilida ilmiy jihatdan hech bir asoslanmagan buyruq ham chiqardi. Biz bir necha yillar ana shu dumi xurjungda bo‘lgan ahmoqona buyruq asosida ishladik. Kitob ko‘targan talabalarni kmsitib, noutbuk, netbuk ko‘tarib kelgan talabalarni ularga o‘rnak qilib ko‘rsatdik. Darvoqe, bunga majbur edik. Xo‘sh, oqibat nima bo‘ldi?Bugungi kunda ana shu inersiya oqibatida birorta talaba darsga kitob keo‘tarib kelmay qo‘ydi.Yozishni-ku, butunlay yig‘ishtirishdi. Hatto, tematik reja va ko‘rsatmalarni ham zamon talabi deb telefoniga rasmga tushirib qo‘ya qolmoqdalar. O‘qimaslik, talaffuz qilmaslik oqibatida, test yechish oqibatida bo‘lg‘usi shifokorlarda nutq madaniyati, muloqot san’ati, muomala udumlari butunlay so‘ndi. Tibbiy deontologiya, kasb etikasi, bioergonomika,psixologiya, faplsafa unutildi. Bu esa so‘nggi yillarda shifokorlarni aholi tomonidan kaltaklanishi va haqoratlanishiga sabab bo‘lmoqda. Bunisiyam mayli, total savodsizlik davri boshlandi. Hozir talabalardan husnixat u yoqda tursin, insho yoki diktant yozdiradigan bo‘lsang, 905 dan ortig‘i uch baho ololmasligi ham aniq. Bunisiyam mayli, taraqqiyotimizning noxolislari tomonidan lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvining kiritilishi, uni o‘ttiz yil mobaynida to‘rt marta isloh qilinishi, q. g‘, h, o‘ kabi ayirim harflar borasida hanuz bir xulosa kelinmaganligi ahvolni battar jiddiylashtirdi. Bugun biz xato yo‘l tutganimiz, kirill imlosiga qaytishimiz afzalligi to‘g‘risida juda ko‘p tilshunos, filolog olimlarimiz, shoir yozuvchilarimiz bong urmoqdalar. Mening shaxsiy fikrim ham shunday.
Hech qanday elektron darslik ,o‘quv qo‘llanma,uslubiy ko‘rsatma, metodik tavsiyalar yaxsh darslikni o‘rnini bosa olmaydi. Personal kompyuter, noutbuk,netbuk. planshet ikki dunyoda ham yaxshi darslikka muqobil bo‘la olmaydi.Ularni alternativ ko‘rishning o‘zi hamoqatdir.Bu haqiqatni tushunish uchun unchalik aqlli bo‘lish shart emas.Rahbarlarimiz buni tushunib yetishlari kerak deb o‘ylayman..Aqlimiz borida kitoblarga qaytaylik..
Muallif: Alijon Zohidiy.
Turon xalq yozuvchisi, Yevropa tabiiy fanlar akademiyasmi akademigi, Respublika Yozuvchilar va jurnalistlar uyushmalari a’zosi.