Konstitutsiya bayrami munosabati bilan: Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy ma’ lumotli hamshira fakulteti jamoasi tomonidan ijodiy ishlar taqdim etildi.
“Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatchilik, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil, 16-noyabr “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishidan.
2023- yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizni yoqlab ovoz berdi.
Bosh qomusimizda xalqimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlariga oid qonuniy asoslar o‘z aksini topgan.