Toshkent tibbiyot akademiyasida “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasida “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.

12-yanvar kuni Muqimiy nomidagi oʻzbek musiqiy drama va komediya teatrida qurolli kuchlar safida xizmat qilgan xarbiy professor-oʻqituvchilar va xodimlarni taqdirlandi.

Yurtimizda Vatan himoyasi kabi ulugʻvor ishga oʻzini bagʻishlagan harbiylarimiz katta hurmat va eʼzoz bilan qadrlanib, har yili “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” katta bayram va shodiyona bilan oʻtkaziladi.

Bu kabi eʼtibor va eʼtirof masʼuliyatli kasb egalarining Vatan oldidagi xizmatlarini yuqori baholanishini namoyon etib, ularning kelgusidagi faoliyatiga ham kuch-quvvat, shijoat va albatta sadoqat bagʻishlaydi.

Maʼlumki, 1993-yil 29-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga binoan “14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” deb eʼlon qilindi.

Albatta, Vatanni himoya qilish barcha uchun muqaddas burch hisoblanadi. Bu burchni ado etishda yurtimizning himoyachilari boʻlgan milliy armiyamiz va barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan halqimizning tinch va osoyishta hayotini taʼminlashda olib borayotgan xizmatini munosib baholash hamda ularga zarur shart-sharoit yaratish masalalari ham davlatimiz siyosatining muhim yoʻnalishlaridan hisoblanadi.

Muxtasar qilib aytganda, tinchlik bor joyga bayramlar yarashadi, shuning uchun jannatmakon diyorimizda ushbu tinchlikni taʼminlab kelayotgan harbiy xizmatchilarni yana bir bor ushbu bayram bilan muborakbod etib, ularga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va albatta masʼuliyatli xizmatlarida kuch-quvvat tilab qolamiz.

 

 

Translate: Eng

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan