Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning 583 yilligi mamlakatimizda katta shodiyona sifatida nishonlanmoqda

#Alisher_Navoiyning
#583 yilligi mamlakatimizda katta shodiyona sifatida nishonlanmoqda.
Adiblar hiyobonida o‘tayotgan madaniy-marifiy tadbirda
Alisher  Navoiyning mamlakat obodligi va  yurt tinchligini isloh qilish uchun  orom topmagan mazmunli umri, hanuzgacha qadriyatlarimiz sarchashmasini yangilab  kelayotgan  benazir  asarlari  haqida gapirildi.
Shox  asar «HAMSA» da  tarannum etilgan yurtga fidoiylik, Farhodning jasorati,  vataniga sadoqati to‘g‘risida  go’zal ta’riflar tinglandi.

O’z oshorlari va tarixiy asarlarida ota-bola o’rtasida adolatli sulh tuzish, bu kelishuvlarni vatan tinchligi uchun safarbar etish Buyuk Navoiyga xosdir.

Navoiyxonlik Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari,  professor-o‘qituvchilari ishtirokidagi adabiy lahzalarda, Zulfiyaxonim haykali poyidagi tadbir timsolida davom etdi. Alisher  Navoiy asarlarining muhlislari Allomaga ehtiromlarini nafis g‘azallar,  diltortar kuy va qo‘shiqlari misolida bayon etdilar.

 

Translate: Eng Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan