Toshkent tibbiyot akademiyasi Xotin-qizlar kengashi Talabalar turar joyi sardorlari bilan o’z faoliyatini boshladi.
Xotin-qizlar kengashi akademiyada talaba-qizlar muammolarini o’rganish va hal etish, bandligini ta’minlash, ma’naviyat va ma’rifat, xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh talaba -qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish qizlar tarbiyasi kabi yo’nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar ko’lami bilan tanishib, amaliy yordam berishni maqsad qilgan.