2024 yil 29 fevral kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi, Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi hamda Rossiya federatsiyasining Sibir davlat tibbiyot universiteti hamkorligida “Raqamlashtirish-tibbiyot kelajagi” nomli II Xalqaro talabalar konferensiyasiga tashkil etildi.
Hakamlar hay’ati va kuzatuvchilari tarkibiga respublika, MDH va boshqa mamlakatlar tibbiyot universitetlaridagi mutaxassislar taklif etildi. Toshkent davlat stomatologiya instituti, TTA ning barcha filiallari, Samarqand davlat tibbiyot universiteti pedagoglari va talabalari konferensiyada ishtirok etishdi.
Bundan tashqari chet el oliy ta’lim muassasalaridan G‘arbiy Makedoniya universiteti professori Hara Sidiropoulou, Rossiya Federatsiyasining Sibir davlat tibbiyot universiteti Tibbiy biologiya fakulteti dekani Gusakova S.V., MBA Bamber-Bridj, Angliya shifoxonasi menejeri Anne Сhristine Hanser,
Janubiy Koreya Respublikasi Chungang universiteti muhandisi PhD Jae Kyoon OH konferensiya ishida faol ishtirok etib, eng yaxshi ishtirokchilarni tanlashda qatnashdilar.
Konferensiya boshlanishi bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Azizova F.L. ishtirokchilarga tabrik so‘zi bilan murojaat etib, tibbiyot sohasida raqamlashtirish naqadar muhim ahamiyatga egaligi va yangi axborot texnologiyalari yangi diagnostika va davolash usullarini takomillashtirishda qanchalik muhim ekanligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng G‘arbiy Makedoniya universiteti professori Hara Sidiropoulou ishtirokchilarni tabrikladi va tibbiyotda raqamlshtirish va Gretsiyadagi tibbiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish tizimi to‘g ‘risida mazmunli va qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tti.
Konferensiyada uchta yo‘nalish- Tibbiy ta`limni raqamlashtirish,Tibbiy va biologik fizika – zamonaviy tibbiyot asosi,Biotibbiyot muhandisligida robot texnikasi bo‘yicha ish olib borildi.
Ishtirokchilar shu yo‘nalishlarda o‘zlarining olib borgan tadqiqotlari bilan yig‘ilganlarni tanishtirdilar, ilmiy ma’ruzalar qizg‘in muzokaralarga sababchi bo‘ldi.
G‘oliblar turli nominasiyalarda diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.