BERNICA loyihasi yangiliklari: Xodimlar Summer schooldan qaytishdi

2023-yil 26-iyun-6-iyul kunlari Qirg‘iziston Respublikasi Issiqko‘l tumanida Erasmus+ BERNICA loyihasi doirasida O‘rta Osiyo mamlakatlari sog‘lom ovqatlanishiga bag‘ishlangan “Summer school” malaka oshirish mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Toshkent Tibbiyot Akademiyasi professor o‘qituvchilari: Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasi mudiri, professor Ermatov Nizom Jumaqulovich, kafedra assistenti Ashurov Jamshid Baxtiyor o‘g‘li, Vrachlar malakasini oshirish kafedrasi assistenti Eshmamatov Oybek Faxriddin o‘g‘li, 2-son ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedrasi assistenti Vafoyev Shaxzod Farxod o‘g‘li,

Buxoro Davlat tibbiyot instituti xodimlari Ulug’bek Turdiyev, Firuz Umarov, Orzibek Boltayev, Rahimjon Urinov, Qirg‘iziston Respublikasi Xalqaro tibbiyot maktabi xodimlari Evgeniya Lim, Nazgul Matkerimova, Asylkan Moldobaeva, Gulnara Subanbekova, Qirg’iziston Respublikasi Osh davlat universitetining xodimlari Aigul Momunova, Aizhan Omorova, Roman Kalmatov, Ertegin Baigashkaev, Gulburak Taalaibek kyzy, Rana Salieva, Qozog‘iston Respublikasining Qozoq milliy tibbiyot universiteti xodimlari Abzal Zhumagaliuly, Aralayim Beisbekova, Rabiga Khozhamkul, Kuanysh Karibayev, Qozog‘iston Respublikasining Karaganda Universitetidan Lyazat Ibrayeva, Irina Bachaeva, Olzhas Zhamantayev, Tleuzhan Abugaliyeva Erasmus+ BERNICA loyihasi doirasida Qirg‘izistonning Cho‘lpon-ota tumani “Raduga” markazida “Summer school” anjumaniga 25.06.2023 yilda yetib kelishdi.

BERNICA Summer school loyihasi ma’ruzachilar:

– Dietologiya va Nutritsiologiya instituti va FH JOANNEUM universiteti professori, Avstriya sport nutritsiologiya jamiyatining prezidenti Dr. Manuela Konrad,

– E-Learning support manager Mrs. Erika Pernold, Psychologist, human-computer interaction expert Mrs. Anastasia Sfiri,

– Istanbul Medipol Universiteti, Nutririon&Dietetics bo’limi professori Dr. Indrani KALKAN,

– Istanbul Medipol Universiteti, Nutririon&Dietetics bo’limidan ma’ruzachi Dr. Fatmanur Ӧ. Arpa  ishtirokida 26.06.2023-06.07.2023 sanasida  o’tkazildi.

1-KUN.  26.06.2023 yil. “Raduga” markazi kichik konferensiya zalida Dietologiya va Nutritsiologiya instituti va FH JOANNEUM universiteti professori, Avstriya sport nutritsiologiya jamiyatining prezidenti Dr. Manuela Konrad soat 9:00 da ochib berdi. Tojikiston Respublikasi tibbiyot oliygohlari xodimlari uchrashuvda Zoom dasturi orqali online ishtirok etishdi. Mashg‘ulot 9:00 dan 15:30 gacha davom etdi. Mashg‘ulot davomida kursga kirish, kursni keyingi mashg‘ulotlarini o’zlashtirish uchun guruhlarga bo‘linish, bemorlar uchun broshyura qilish haqida ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

2-KUN.  27.06.2023 yil. Mashg’ulotni Dr. Manuela Konrad va E-Learning support manager Mrs. Erika Pernold lar olib borishdi. Mrs. Erika Pernold  Zoom orqali ishtirok etdi. 9:45 dan 16:30 gacha davom etdi. Bu mashg‘ulotda Moodle ga kirish, Moodle bilan ishlash ko‘nikmalari bilan tanishtirildi.

3-KUN.  28.06.2023 yil. Mashg’ulotni Dr. Manuela Konrad va Psychologist, human-computer interaction expert Mrs. Anastasia Sfiri lar olib borishdi. Mrs. Anastasia Sfiri  Zoom orqali ishtirok etdi. 11:00 dan 17:45 gacha davom etdi. Bu mashg‘ulotda (e-)learning pedagogik tasvirlash ko‘nikmalari bilan tanishtirildi.

4-KUN.  29.06.2023 yil. Mashg’ulotni Dr. Manuela Konrad va E-Learning support manager Mrs. Erika Pernold lar olib borishdi. Mrs. Erika Pernold  Zoom orqali ishtirok etdi. 10:15 dan 16:45 gacha davom etdi. Bu mashg‘ulotda Nutrition and Dietetics (N&D) mavzusida Moodle tashkil etish, Moodle tizimiga ma’lumotlarni joylashtirish ko‘nikmalari bilan tanishtirildi.

 

5-KUN.  30.06.2023 yil. Mashg’ulotni Dr. Manuela Konrad olib bordi. 09:00 dan 14:45 gacha davom etdi. Bu mashg‘ulotda o’quv jarayoni yakuniy xulosa va keyingi vazifalar bilan tanishtirildi.

6-KUN. 01.07.2023 yil. Mashg’ulotni Istanbul Medipol Universiteti, Nutririon&Dietetics bo’limi professori Dr. Indrani KALKAN olib bordi. 09:00 dan 16:30 gacha davom etdi. Bu mashg‘ulotda qatnashuvchilar bilan tanishuv bo’lib, keyin o’z-o’zi bilan va guruh bilan ishlash ko‘nikmalari bilan tanishtirildi.

7-KUN.  02.07.2023 yil. Dam olish kuni.

8-KUN. 03.07.2023 yil. Mashg’ulotni Istanbul Medipol Universiteti, Nutririon&Dietetics bo’limi professori Dr. Indrani KALKAN va Istanbul Medipol Universiteti, Nutririon&Dietetics bo’limidan ma’ruzachi Dr. Fatmanur Ӧ. Arpa lar olib borishdi. Mashg‘ulot 09:00 dan 16:30 gacha davom etdi. Bu mashg‘ulotda qatnashuvchilar bilan qisqa tanishuv bo’lib, keyin hozirgi nutritsiologiya va diyetologiya holati haqida ma‘ruza va suhbat bo‘lib o‘tdi.

9-KUN. 04.07.2023 yil. Mashg’ulotni Istanbul Medipol Universiteti, Nutririon&Dietetics bo’limi professori Dr. Indrani KALKAN va Istanbul Medipol Universiteti, Nutririon&Dietetics bo’limidan ma’ruzachi Dr. Fatmanur Ӧ. Arpa lar olib borishdi. Mashg‘ulot 09:00 dan 16:30 gacha davom etdi. Bu mashg‘ulotda Nutrition&Dietetics in Diseases mavzusi Module 1 tanishtirildi, bir qancha kasalliklarda diyeta ro’yxati misollari berildi va Module 2 (Nutrition in Special Group) haqida ma‘ruza va suhbat bo‘lib o‘tdi.

10-KUN. 05.07.2023 yil. Mashg’ulotni Istanbul Medipol Universiteti, Nutririon&Dietetics bo’limi professori Dr. Indrani KALKAN va Istanbul Medipol Universiteti, Nutririon&Dietetics bo’limidan ma’ruzachi Dr. Fatmanur Ӧ. Arpa lar olib borishdi. Mashg‘ulot 09:00 dan 16:30 gacha davom etdi. Bu mashg‘ulotda Module 2 Nutrition in Special Group da ishlash davom ettirildi va Module 3 (Nutrition and Dietetics for Future Generations) haqida ma‘ruza va suhbat bo‘lib o‘tdi.

11-KUN. 05.07.2023 yil. Mashg’ulotni Istanbul Medipol Universiteti, Nutririon&Dietetics bo’limi professori Dr. Indrani KALKAN va Istanbul Medipol Universiteti, Nutririon&Dietetics bo’limidan ma’ruzachi Dr. Fatmanur Ӧ. Arpa lar olib borishdi. Mashg‘ulot 09:00 dan 16:00 gacha davom etdi. Bu mashg‘ulotda Module 3 Nutrition and Dietetics for Future Generations haqida ma‘ruza davom etdi va talabalar (bakalavr, magistr, klinik ordinator)ni nutritsiologiya va diyetologiya bo‘yicha o‘qitish ma‘ruza va suhbat bo‘lib o‘tdi. Mashg’ulot oxirida professor o‘qituvchilar kursni yopish uchun so‘zga chiqishdi va qatnashuvchilarga sertifikatlar berildi.

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan