Toshkent Tibbiyot Akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Liberal Demokratik partiyasi qoshidagi «Yosh siyosatchi qizlar» klubining taqdimoti oʻtkazildi. Taqdimotda akademiyamizning Xotin- qizlar kengashi, tyutorlar hamda faol iqtidorli talaba qizlar ishtirok etishdi.
Loyiha muallifi Yunus Rajabiy nomidagi oʻzbek milliy musiqa san’ati instituti talabasi Sevinch Xolmurodovaning taqdimoti bilan boshlangan tadbir talaba qizlar bilan ochiq muloqot tarzida davom etdi.
«Sen oʻzingga ishongan on – biz ham senga ishonamiz» shiori ostida oʻtkazilgan taqdimotda xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash mavzularida fikr yuritildi. Klubning Toshkent shahar kengashi a’zoligiga Toshkent Tibbiyot Akademiyasining faol talaba qizlari saralab olindi.