O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da 23 – 26-mayda tibbiyot sohasida ta’lim olayotgan ayol-qizlar uchun “Ilm-fan oromgohi” loyihasining 2-mavsumi bo‘lib o‘tdi.
Loyihada Toshkent tibbiyot akademiyasining 13 nafar iqtidorli talabalari ishtirok etishdi. O’zining zukkoligi bilan ajralib turgan Toshkent tibbiyot akademiyasining talabalari nafaqat tibbiyot ilm-fan sohasida salohiyatli ekanliklari, balki badiiy yaratuvchilik qobiliyatlari bilan ham ajralib turishini ham o’z chiqishlari orqali isbotlashdi.
Loyihaning taqdirlash marosimida Akademiyamizning 1-son davolash fakulteti talabasi Mirzayeva Odinaxon tanlov mutloq g’olibasi sifatida “Qizlar ovozi” maxsus ko’krak nishoniga munosib deb topildi.