Xavfsiz ichimlikning – xavfli oqibatlari.

Energy drinks

Bugungi kunda yoshlar o’rtasida energetik ichimliklar iste’moli ko’paygan. O’yin-kulguga ruju qoygan yoshlar uning xuddi dastlabki «tetiklashtirganday» xususiyatiga aldanib, bemalol iste’mol qilishda davom etishmoqda. O’z ixtiyorlari bilan ulardan voz kecha olmaydigan darajaga kelganlarida esa kech bolishi mumkin. Energetikdagi kofein va boshqa stimulyatorlar yurak tezligi va qon bosimini oshiradi. Bunday ichimliklarni haddan tashqari iste’mol qilish aritmiyaga va hatto yurak to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin. Qisqa vaqt ichida bir nechta energetik ichimliklar ichish zaharlanishga olib kelishi mumkin. Uning alomatlari orasida tashvish, uyqusizlik, taxikardiya, ovqat hazm qilish buzilishi, titroq, mushaklar tirtishishi va bezovtalik kuzatiladi. Kofeinning yuqori dozalari surunkali bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu ko’rsatuvimiz orqali sog’lig’ingizga e’tiborliroq bo’lishingizni yana bir bor eslatib o’tmoqchimiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan