Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari diqqatiga!

TTJ ga online ariza

Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:

  • 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
  • 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
  • 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun, 2024/2025-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan