TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASIGA 2024/2025-O‘QUV YILIDA BIRLAMCHI MAQSADLI IXTISOSLASHTIRISH KURSLARI (INTERNATURA)GA O‘QISHGA QABUL QILISH VA KIRISH IMTIHONLARINI O‘TKAZISH TARTIBI

Toshkent tibbiyot akademiyasida 2024/2025-o‘quv yilida birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari(internatura)ga hujjatlar 2024-yil 20-avgustgacha (shu kuni ham) onlayn tarzda (quyidagi sahifada) qabul qilinadi.

Topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati:

  • Birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurs (internatura) mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda TTA rektori nomiga ariza;
  • Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (yoki diplomdan ko‘chirma – O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasalarini grant bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
  • 086-U-shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma;
  • Qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjat.

Birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura) mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilishda tanlangan mutaxassislikka mos ravishda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari fanlari negizida suhbat shaklida o‘tkaziladi.

Toshkent tibbiyot akademiyasida mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonlari 2024-yil 21-27 avgust sanalarida o‘tkaziladi.

Murojaat uchun «Call markaz»:   +998954754501

+998954754502

+998954754503

+998954754504

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan