Nima uchun TTA?

Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘z iqtidoringizni kashf qiling va tibbiyotda mukammalikka erishing!

Agar siz tibbiyot sohasida eng yuqori natijaga erishish istagida yurgan bo‘lsangiz Toshkent tibbiyot akademiyasi sizga ajoyib takliflarni beradi. Bizning akademiyamizda tibbiyotdagi ilk qadamlaringizni boshlang, quyida siz nega aynan Toshkent tibbiyot akademiyasini tanlashingiz uchun quyida 7 ta sababni keltiramiz.

1. Boy va qadimiy tarix

Toshkent tibbiyot akademiyasi 1919 yilda vrachlar, farmatsevtlar va tibbiyot sohasida boshqa kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil etilgan. TTA Markaziy Osiyodagi eng mashhur va tarixiy tibbiyot muassasalaridan biridir. Akademiya Markaziy Osiyoning tibbiyot sohasidagi eng qadimiysi bo‘lib, muassasamiz tashkil topganiga yuz yildan oshdi. Hozirgi vaqtda TTA ning uchta hududiy filialdan (Urganch, Farg’ona va Termiz) mavjud bo‘lib, ular yuqori sifatli o‘quv, ilmiy va klinik faoliyatni amalga oshiradi.

2. Xalqaro akkreditatsiya

Toshkent tibbiyot akademiyasi Oʻzbekistondagi yetakchi tibbiyot oliy oʻquv yurti hisoblanadi. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari orasida mamlakatda birinchi, O’zbekistondagi barcha oliy o‘quv yurtlari orasida o‘ninchi o‘rinda turadi. 2024-yilda akademiyaning 19 ta ta’lim dasturlari MARA (Mustaqil akreditatsiya va reyting agentligi) tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi, bu esa bitiruvchilarning malakasini raqobatbardoshligini oshirish va ta’lim sohasining ekspertlik salohiyatini yanada kengaytirishda milliy maqsadga erishishga xizmat qilmoqda.

3. Ta’lim dasturlari

TTA ixtisosligi doirasida keng qamrovli ta’limni taklif qiluvchi olti xil ko‘p tarmoqli fakultet mavjud. Ushbu fakultetlarga

  1. 1- va 2-son davolash;
  2. Pediatriya, stomatologiya, xalq tabobati tibbiy-pedagogika va surdotarjimonlik;
  3. Tibbiy-profilaktika va jamoat salomatligi, ekologiya va atrof muhit muhofazasi va kimyo;
  4. Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy ma’lumotli hamshira;
  5. Malaka oshirish;
  6. Xalqaro fakultetlari kiradi.

4. Zamonaviy kampus o‘quv binosi

TTA bo‘lajak shifokorlarni simulyatsion o‘qitish uchun zarur bo‘lgan eng yangi texnologiyalar va barcha zarur uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy laboratoriyalar, simulyatsiya markazlari va klinik o‘quv muassasalariga ega o‘quv-klinik binolari mavjud. Axborot-resurs markazi negizida O‘rta Osiyodagi yagona tibbiy markaziy kutubxona(ARM) tashkil etilgan va bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasidagi eng yirik yetakchi tibbiyot axborot markazi hisoblanadi. Bundan tashqari, ARM uch asosiy tilda (o‘zbek, ingliz va rus) chop etilgan tibbiy kitoblar zaxirasini har yili oshirib boradi. Haqiqiy klinik amaliyotni aks ettiradigan o‘quv binosida tahsil olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Sport talabalarning faol hayotida muhim ahamiyatga ega va Toshkent tibbiyot akademiyasida xalqaro olimpiya standartlariga javob beradigan sport majmualari, ayniqsa basketbol, ​​futbol, volleybol bo‘yicha ​​sport musobaqalari va boshqa mashg‘ulotlar uchun bir qator ochiq va yopiq maydonlar mavjud.

5. Yuqori malakali professor-o‘qituvchilar jamoasi

TTA ning barcha ustoz va professor-o‘qituvchilari xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislardir. Akademiyada 2 nafar akademik, 96 nafar professor va 116 nafar tibbiyot fanlari doktori hamda olti yuzdan oshiq o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. O‘qituvchilarimiz har yili chet elning eng nufuzli tibbiyot muassasalarida malaka oshirib kelishadi. Tibbiyot terminologiyasi hamda barcha darslar uchta asosiy tilda (o‘zbek, rus va ingliz) o‘qitiladi, bu sog‘liqni saqlash sohasining global xarakterini aks ettiradi va talabalarni xalqaro standardlarga mos kadrlar qilib tayyorlaydi. Dunyoning turli burchaklaridan kelgan talabalar o‘z hohish istaklariga qarab, akademiyaning uchta asosiy tillarida ta’lim olishi mumkin. Moslashuvchan ta’lim strategiyalari va xalqaro ta’limga sodiqlik orqali akademiyaning ustozlari nafaqat ta’lim beradi, balki milliy yoki madaniy kelib chiqishidan qat’iy nazar, talabalarni yetuk mutahassis qilib tayyorlashda fidokorona xizmat qiladi.

6. Xalqaro aloqalar

Toshkent tibbiyot akademiyasida har bir ta’lim dasturlari raqobatni emas, balki hamkorlikni rag’batlantirishga qaratilgan.

Ta’lim-tadqiqot, ilmiy izlanish va sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni rag‘batlantirish orqali ta’lim muassasalari murakkab muammolarni hal qilish, xalqaro-milliy innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni yuqori maqsad etib belgilagan. Toshkent tibbiyot akademiyasi maqsadi negizida ham shunday manfaatlar turadi, ya’ni xalqaro hamkorlik orqali akademiya o‘zining hodimlari va talabalarini xalqaro mobillik almashinuv dasturlarida ishtirokini ta’minlab keladi. Toshkent tibbiyot akademiyasi butun dunyo bo‘ylab 90 dan ortiq yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik qiladi, ustoz professorlar va akademiya talabalari uchun 180 ga yaqin xorijiy amaliyot dasturlari bo‘ladi va har yili 150 dan ortiq xorijiy ekspertlar taklif etiladi.

7. Xalqaro talabalarni qo‘llab-quvvatlash

TTAning ustuvor yo‘nalishi – har tomonlama rivojlangan tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash. Mahalliy talabalardan tashqari, akademiya har yili 500 dan ortiq xalqaro talabalarni qabul qiladi. Hozirda akademiyaning xalqaro fakultetida 30 ga yaqin davlatdan 2000 ga yaqin xorijlik talabalar tahsil olmoqda. Akademiya hududida o‘g‘il-qizlar uchun yotoqxonalar mavjud bo‘lib, ushbu talabalar turar joylari talabalar uchun eng yahshi yashash joyidir. Xalqaro fakultetning barcha talabalari o‘quv zali, o‘yin maydonchalari va sport zalidan yil davomida foydalanishi mumkin va turli xil sport-manaviy tadbirlarda ishtirok etishi mumkin.

Toshkent tibbiyot akademiyasida biz dunyoning barcha burchaklaridan kelgan talabalarni qabul qiladigan turli xil, rang-barang va o‘ziga xos ta’lim muhitini yaratib xorijiy talabalarni jalb qilayotganimizdan faxrlanamiz. TTAni tanlab malakali shifokor, tadqiqotchi yoki sog‘liqni saqlash rahbari bo‘ling, bizning keng qamrovli dasturlarimiz va eng zamonaviy kampuslarimiz sizni tibbiyot olamida muvaffaqiyatga erishishingiz uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va tajriba orttirishingiz uchun mo‘ljallangan. Keling safimizga qo‘shiling va barchasini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘ring.

 

Toshkent tibbiyot akademiyasiga xush kelibsiz!

Translate: Eng Рус