Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Bugun oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashning so‘nggi kuni

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar bugun 10-avgust soat 23:59 ga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.

Belgilangan muddat yakunlangandan so‘ng abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlarini tanlash va ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish imkoniyati berilmaydi.

Hurmatli abituriyentlar! Sizdan bugun soat 23:59 ga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashingizni so‘raymiz!
https://t.me/BaholashUz/6835 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan