Nega TTAda o‘qiyotgan qizlarning “bozori chaqqon”.

Nega TTAda o‘qiyotgan qizlarning “bozori chaqqon”.

“Kelining bo‘lsa o‘qigan bo‘lsin, ayniqsa do’xtir bo‘lsa yanada yaxshi” degan gaplar xalqimiz orasida tez-tez qulog‘imizga chalinadi. Kelin qidirgan sovchilarni kunda-kunora Akademiya ko‘chalarida uchratishingiz tabiiy xol. Nega kelinlikka aynan “TashMI”ning qizlarini afzal ko‘rishmoqda? Buning bir qancha sabablarini keltiramiz:

“Medinstitutda o‘qigan qizni kelin qilaman” degan niyatning tag zamirida  shifokorlik ayollar kasbi ekanligidir. “Qiz bolaga mos kasb tanlasang boʻlmaydimi? -koʻpincha oʻqituvchi, shifokor, tikuvchilikdan boshqa kasblarni tanlagan ayol-qizlarga aytiladigan eng “mashhur” gaplardan biri. Qolaversa shifokorlik kasbi orqali insonlarga yordam berish, mumkin, shifokorlik kasbi egalari ozodalikda, poklikka e’tibor qaratadigan kasb egalaridir. Yana bir muhim jihat, keyingi 5 yil ichida qizlar uchun eng talabgir soha va Oʻzbekistonda ayollar eng koʻp ishlaydigan kasb ham aynan shifokorlik ekanidir.

Keyingi 5 yil ichida qizlar uchun eng talab qilinadigan kasblar

Tahlillarga ko‘ra, shifokorlik kasbi keyingi 5 yil ichida qizlar uchun eng talab gir kasblar sirasiga ham kiradi:

  1. Veb-dizayneri…
  2. Savdo menedjeri
  3. Sotuvchi
  4. Tarbiyachi.
  5. Shifokor

Oʻzbekistonda ayollar eng koʻp ishlaydigan kasb

Oʻzbekistonda ayollar eng koʻp ishlaydigan 3 ta kasb qaysi? Ayni savollar bilan kichik soʻrovnoma oʻtkazdik. Natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rinda, oʻqituvchi va shifokorlik kasbi respondentlar tomonidan eng ko‘p ayollar ishlaydigan soha deb e’tirof etildi.

So‘rovnoma natijalarida, ayollarning koʻpi ishlamay, uyda oʻtirishi haqidagi fikrlar ham bor.

Bundan tashqari, ayollar doimiy ishlaydigan kasblardan: farrosh, tikuvchi, kotiba, stilist, buxgalter, tarbiyachi; daromadi yuqori boʻlgan kasblardan: tarjimon, bankir, tadbirkor, marketolog, targetolog, savdo-sotiq, yurist kabi kasblar ham sanab oʻtildi.

Ayollar o‘rtasida “Siz qaysi kasb egasi bo‘lishni istardingiz?”-degan savolga ishtirokchilarning asosiy qismi shifokorlik kasbini tanlashlarini e’tirof etishgan

Xulosa: Yuqoridagi sabablarga qo‘shimcha qilish mumkinki, Shifokorlik mas’uliyatli va o‘ta murakkab va inson hayoti uchun muhim sohadir. Bu kasbni egallash uchun qancha bilim, mashaqqatli mehnat, iqtidor va sabr kerak. Qolaversa, shifokor-kelinning foydasi avvalo oilasiga tegadi. Shu boisdan bo‘lajak qaynonalar kelin, yigitlar turmush o‘rtoq tanlashda asosan kasbi tibbiyot sohasida bo’lgan qizlarni nomzodini ma’qul ko‘rishmoqda. Shu sabab bo‘lsa kerak, doimo Toshkent Tibbiyot Akademiyasi kabi boshqa meditsina yo‘nalishidagi ta‘lim muassasalarida tez-tez sovchilarni uchratish mumkin. Sizning bu boradagi fikringiz qanday? Nega TTAda o‘qiyotgan qizlarning » bozori chaqqon»?

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan