📣DIQQAT E’LON!
Toshkent tibbiyot akademiyasi
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 2024-yil qabuli uchun
doktorantura (DSc), tayanch va maqsadli doktoranturaga (PhD) qabul e’lon qiladi!
doktorantura-qabul-kvotalari-2024.pdf
Hujjat QABUL davri:
15.09.2024 – 15.10.2024
📩 Kerakli hujjatlar:
1. Ariza – muassasa rahbari (TTA rektori) nomiga;
2. Qisqacha biografik ma’lumotnoma (3.5 shakl bo‘yicha o‘zbek va rus tilida);
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlarga);
4. Oliy ta’lim muassasa magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumot to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati ularning nusxalari (kamida: PhD uchun-1 ta maqola 2 ta tezis,DSc uchun – 3 ta maqola va 2 ta tezis).
6. ID karta (pasport) nusxasi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi guvohnoma nusxasi (mavjud bo‘lsa);
8. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat «B1» daraja.
Stajyor-tadqiqotchilikka talab etilmaydi.
Hurmat bilan,
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagoglarni tayyorlash bo‘limi