Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun

Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun” shiori ostida “Qizlarjon” klubi Respublika forumi oʻtkazildi. Tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi “Qizlarjon” klubi raislari, iqtidorli talabalar hamda Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi ishtirok etdi.

Forum ishtirokchilarini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov qutlab, mamlakatimizda qizlarga munosib shart sharoitlar yaratib berish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi.

Ayniqsa, taʼlim sohasida xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda, – dedi vazir. – Hozirda ayol-qizlarning taʼlimdagi ulushi har qachongidan yuqori va bu koʻrsatkich yildan yilga oshib borayotgani barchamizni quvontiradi.

Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun

Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan