Yosh ayol-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini yangi bosqichga ko‘tarish, jamiyatda ayol-qizlar mavqeyini oshirish, ularga motivatsiya berish va milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi Xotin-qizlar kengashi tomonidan 11-oktabr – Xalqaro Qizlar kuni munosabati bilan “Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir kechasi bo’lib o’tdi.
Tadbir jarayonida «Qizlar ibosi – millat libosi!» milliy liboslar namoyishi, kuy qo’shiq, raqs hamda Ijtimoiy psixologik yordam ko’rsatish markazi psixologi tomonidan qiziqarli trening tashkil etildi. Tadbir talaba yoshlarga kayfiyat bag’ishladi.