Davlat komissiyasining tegishli bayoniga asosan, 2024/2025-o‘quv yili uchun Toshkent tibbiyot akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni to‘lov-kontraktning 2 baravar miqdoridagi to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha tarzda qabul qilishga ruxsat berildi.
Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar joriy yilning 1-noyabridan 10-noyabrigacha Toshkent tibbiyot akademiyasi Qabul komissiyasiga murojaat qilishingiz mumkin (tel. +998 90 326 92 25).
Qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar topshiriladi:
- Oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza (kelgan vaqtda yoziladi);
- Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) va nusxasi – 1 dona;
- Diplom ilovasi asl nusxasi va nusxasi – 1 dona;
- Tibbbiy ma’lumotnoma – 086-U (asl nusxasi);
- 6 dona 3,5 x 4,5 hajmdagi rangli fotosurat (barchasi bir xil bo‘lishi shart);
- Pasport asli va nusxasi;
- Chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL, IELTS, TestDaF) asli va va nusxasi – 1 dona;
- Konvert – 1 dona;
- Skorosshivatel – 1 dona;
- Bittalik fayl – 2 dona.