Toshkent tibbiyot akademiyasi ertaga yana bir muhim xalqaro konferensiyaga mezbonlik qiladi

Zamonaviy pediatriyaning dolzarb muammolari: Bolalar kasalliklari, diagnostikasi va davolashning yangi imkoniyatlari

Mavzu: “Zamonaviy pediatriyaning dolzarb muammolari: Bolalar kasalliklari, diagnostikasi va davolashning yangi imkoniyatlari”. Bugun anjuman mehmonlari — rivojlangan hamdo‘stlik mamlakatlarining etakchi mutaxassislari Toshkent tibbiyot akademiyasiga tashrif buyurib, ta’lim jarayonidagi ilg‘or texnologiyalar va imkoniyatlar bilan tanishdilar. Akademiyamizda yaratilgan sharoitlar, xususan, talabalar amaliy ko’nikmalarini oshiradigan Simulyatsiya markazidagi OSKI, brifing va debrifing xonalari mehmonlar e’tiborini jalb etdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi vakillari va xalqaro olimlar o‘rtasidagi uchrashuv davomida ta’lim jarayonida innovatsion platformalar, jumladan, Academix 3D, Pathology, va CyberPatient nazorat va baholash dasturlarining o‘zbek tilida tatbiq etilayotgani haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, AR&VR labs singari virtual ta’lim texnologiyalari ham mehmonlarga namoyish etildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida Koreya Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Hindiston, AQSh kabi rivojlangan davlatlar bilan o‘zaro tajriba almashish, hamkorlik shartnomalari hamda xalqaro talabalarning mobillik dasturlari haqida ma’lumot berildi.

Eslatib o‘tamiz: ertaga Toshkent tibbiyot akademiyasida zamonaviy pediatriyaga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘z ishini boshlaydi.

Zamonaviy pediatriyaning dolzarb muammolari: Bolalar kasalliklari, diagnostikasi va davolashning yangi imkoniyatlari Zamonaviy pediatriyaning dolzarb muammolari: Bolalar kasalliklari, diagnostikasi va davolashning yangi imkoniyatlari

Zamonaviy pediatriyaning dolzarb muammolari: Bolalar kasalliklari, diagnostikasi va davolashning yangi imkoniyatlari Zamonaviy pediatriyaning dolzarb muammolari: Bolalar kasalliklari, diagnostikasi va davolashning yangi imkoniyatlari

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan