2024-yilning 26-noyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Akademik litseyi – Konferensiyalar zalida «Tibbiyot mohirlari» tibbiy-amaliy ko‘nikmalar IV Xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
“Tibbiyot mohirlari” amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha IV Xalqaro Olimpiadasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9- sentyabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tаhsil olayоtgan, ilmiy-tadqiqod faoliyati bilan shug’ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo’llab –quvatlash to‘g‘risidagi PF-6309-sonli farmoni 2019-yil 6-martdagi “Tibbiyot va farmatsevtika ta’lim va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tog’risida”gi PQ-4310-sоn qarorida belgilangan talablarni inobatga olib TTA va barcha oliy ta’lim muasassalari talabalarini yosh tadqiqotchilar sifatida o‘z qobiliyatlarini namoyon etish, ijodiy tafakkurini rivojlantirish, ularning innovatsion potensiali, liderlik xususiyatlarini shakllantirish va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishga keng imkoniyatlar yaratishga yo‘naltirilgan. “Tibbiyot Mohirlari” tibbiy-amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha IV Xalqaro Olimpiadasini o‘tkazishdan asosiy maqsad talabalarni ta’lim va ilm-fan integratsiyasiga jalb etish orqali jamiyatimizni tibbiyot ilmi sohasini rivojlanishini ta’minlashda iqtidorli talaba-yoshlarning faol ishtirok etishini rag‘batlantirishdan iborat.
Shu maqsadda 2021-yildan boshlab Chet eldagi va respublikamizning barcha hududlarda joylashgan oliy ta’lim muassasalaridan tibbiyot talabalari qatnashib kelmoqda. Joriy yilning 26-noyabr kuni bo‘lib o’tgan Olimpiadada Tatariston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Respublikamizdagi 26 ta Oliy tibbiyot muassasalarining jamoalari qatnashadi. Ular quyidagilar:
1. I.K.Oxunboboyev nomidagi Qirg‘iz davlat tibbiyot akademiyasi(QDTA)
2.S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (QMTU)
3. Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi(JQTA)
4. Astana tibbiyot universiteti(MUA)
5. Qozon davlat tibbiyot universiteti(KGMU)
6. Toshkent tibbiyot akademiyasi (TTA)
7. Toshkent pediatriya tibbiyot institute(TPTI)
8. Toshkent davlat stomatologiya institute(TDSI)
9. Toshkent farmasevtika institute(TFI)
10. Andijon davlat tibbiyot institute(ADTI)
11. Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institute (FJSTI)
12. Samarqand davlat tibbiyot universiteti(SDTU)
13. Buxoro davlat tibbiyot instituti (BDTI)
14. Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti (QTI)
15. Qurolli kuchlar harbiy tibbiyot akademiyasi (QKHTA)
16. Toshkent tibbiyot akdemiyasi Urganch filiali (TTA UF)
17. Toshkent tibbiyot akdemiyasi Termez filiali (TTA TF)
18. Toshkent tibbiyot akdemiyasi Chirchiq filiali (TTA ChF)
19. Central Asian University(CAU)
20. Toshkent kimyo xalqaro universiteti (KIUT)
21. Alfraganus universiteti (AU)
22. Farmasevtika ta’lim tadqiqot instituti (FTTI)
23. Yevropa tibbiyot univeristeti(EMU)
24. Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti (BITTU)
25. Osiyo xalqaro universiteti (OXU)
26. Qo‘qon Universiteti Andijon filali(KUAB)
“Tibbiyot Mohirlari” tibbiy-amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha IV Xalqaro Olimpiadasida g’olib bo’lgan jamolar Toshkent tibbiyot akademiyasining diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.
_