Ayni damda Shenzhen YHLO Biotech va Toshkent tibbiyot akademiyasi olimlari Ichki kasalliklar laborator tekshiruvlaridagi dolzarb masalalar” iga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Anjumanda Klinik laborator diagnostika mutaxassislari, Shenzhen YHLO Biotech (Xitoy) va Diamed Lab Service tashkiloti, sohaga doir laboratoriyalar mudirlari, professor o’qituvchilar, magistrlar, ordinatorlar va talabalar ishtirok etyapti.
Xalqaro Ilmiy-amaliy konferensiyada tashxisiy faoliyatda davolash profilaktika muassasalari laborator-diagnostika borasida fikrlar almashilmoqda.
Tibbiyotning deyarli barcha sohalari laboratoriyalarida tadqiqotlar o‘tkazish va natijalarni tahlil qilishdagi yangiliklar xususida ma’ruzalar eshitildi.
Konferensiya tashkilotchilari, mutaxassislar va biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishi olimlari tomonidan zamonaviy YHLO laboratoriya uskunasi imkoyatlari va IXLA tekshiruvining mutloq zamonaviy shakllari yuzasidan yangi ishlanmalar borasida ma’lumotlar berildi.
Olimlarning etiroficha: Yangi davr tibbiyoti mutaxassislari biotibbiyot qurilmalari, tizimlari va komplekslarini yig’ish, ishga tushirish va sozlash ishlarini rejalashtirishi va bajarish qobiliyatlariga ega bo‘lishi kerak.