Misr Arab Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Toshkent Tibbiyot Akademiyasida

Misr Arab Respublikasi

Bugun Toshkent Tibbiyot Akademiyasiga Misr Arab Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tamer Hammad tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmon akademiyaning ta’lim jarayoni, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda xalqaro hamkorlik loyihalari bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv doirasida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi rahbariyati va Misr Arab Respublikasining talabalari bilan davra suhbati tashkil etilib, tibbiyot sohasidagi o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, Misr va O‘zbekiston o‘rtasida tibbiyot ta’limi va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Misr elchisi O‘zbekistonning tibbiyot sohasi rivoji yo‘lidagi yutuqlarini yuqori baholab, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talabalarining salohiyati va bilim darajasini yuksak qadrladi. Shuningdek, ikki davlatning ta’lim va ilmiy aloqalarini mustahkamlashda akademiyaning alohida o‘rni borligini ta’kidladi.

Tashrif yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga oid memorandum imzolash imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar. Elchi mazkur tashrif akademiya va Misrning yetakchi ilmiy-tibbiyot muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdi.

Misr Arab Respublikasi Misr Arab Respublikasi

Misr Arab Respublikasi Misr Arab Respublikasi

Misr Arab Respublikasi Misr Arab Respublikasi

Misr Arab Respublikasi Misr Arab Respublikasi

Misr Arab Respublikasi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan