Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Jahongir Boboyev va 2-son davolash fakulteti yetakchisi Ayubxon Sirojiddinov “Yoshlar yetakchilari forumi”da ishtirok etishdi.
Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tgan ushbu forumda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari ishtirok etdi. Forumni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipov, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A. Sa’dullayev hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi X. Sattorov ochib berdi.
Tadbir davomida tajribali spikerlar tomonidan yetakchilar uchun yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish, jamoani boshqarish, va boshqa muhim mavzularda seminar-treninglar tashkil etildi. Shuningdek, mamlakatimizning yirik tadbirkorlari bilan uchrashuvlar va ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tdi.
“Yoshlar forumi – 2024” yosh yetakchilar uchun katta tajriba almashish va o‘z mahoratini oshirish imkonini berdi.