Toshkent tibbiyot akademiyasi, Davolash ishi fakulteti talabasi A’lamova(Abrorova) Noilaxon – IBN SINO nomidagi Davlat stipendiyasi sohibasi bo’ldi. Noilaxon A’lamova, Davolash ishi yo’nalishi, 6-bosqichida tahsil olmoqda. O’quv yillari davomida ikki marotaba “Rektor stipendiyasi« hamda “Uktam Aripovich Aripov” nomidagi stipendiyalar sohibasi bo’ldi. 15 dan ortiq Xalqaro olimpiada va ilmiy anjumanlar g’olibi bo’lgan. 2021 -Polshaning Ioann Pavel II nomidagi Biała Podlaska davlat oliy ta’lim maktabi loyilar tanlovida grand sohibasi 2021-yil «Rektor stipendiyasi 2021-2022» laureati 2021-yil Ginekologiya yo’nalishi bo’yicha tibbiyot talabalari va yosh olimlarning 75-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida faxriy l-o’rinni egalladi. 2023-yil tibbiyot universiteti talabalari uchun «Samarqand-2020» VI Xalqaro olimpiadasida ginekologiya yo’ nalishi bo’yicha faol ishtirok etib, faxrli I-o’ rinni egalladi.Iqtidorli talabamizning hammualliflikda «Ginekologiya va endokrinologiya» o’quv qo’llanmasi hamda ilmiy tadqiqotlari doirasida 30dan ortiq xorijiy va respublika miqyosida ilmiy maqolalar va tezislari nashr etilgan.
Ilmiy rahbar: akusherlik va ginekologiya kafedrasi dotsenti, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayorlash bo’lim boshlig’i, tibbiyot fanlar doktori, dotsent Muminova Ziyoda Abrorovna.