Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024-yil 31-iyul kuni tasdiqlangan 03-23-181-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2024-yil 26-iyundagi 15-son bayonnomasi va ilovalarida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ning 20-bandida: “Korrupsiyaning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan metodik, uslubiy, axborot va boshqa materiallarning oliy o‘quv yurtlarida, shu jumladan universitetlar sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali tarqatilishini ta’minlash”
vazifasi belgilangan.
Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda korrupsion illatlarning zararli oqibatlarini aks ettiruvchi hamda talaba-yoshlar orasida korrupsiyaga qarshi kurash g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi metodik, uslubiy va media targ‘ibot materiallari ishlab chiqildi.
Quyida barcha targ’ibot materiallari taqdim qilinmoqda:
https://drive.google.com/file/d/1f3mufn0spIWJc0O3_pzOugNDdJc04bi3/view?usp=drive_link
https://drive.google.com/file/d/1sj7xibdk90iFmJt2OPRObVqTBDFUNvcf/view?usp=drive_link
https://docs.google.com/document/d/1soDKm5-LgEx_J1CjfT0y5dN6HPlO3wCu/edit?usp=drive_link&ouid=115805564436572078649&rtpof=true&sd=true