Toshkent tibbiyot akademiyasida o’qib, kelajakda shifokor bo’lishni orzu qilayotgan yoshlar safi kun sayin kengayib bormoqda. Poytaxtimiz maktablari va Abu Ali Ibn Sini nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari o’quvchi yoshlarining akademiyadagi zamonaviy o’quv jarayoni, tizimli ravishda yo’lga qo’yilgan simulyatsiya markazi, o’quv adabiyotlariga boy axborot resurs markazi bilan tanishuvi ularning tibbiyot sohasiga bo’lgan qiziqishlarini yanada orttirmoqda. Bugun Olmazor tumanidagi maktab o’quvchilarining Toshkent tibbiyot akademiyasiga sayohati yorqin taassurotlarga boy bo’ldi.