Yangi O‘zbekistonning hozirgi yoshlari aholimizning 60 foizidan ko‘proq qismini tashkil etadi. Zamon shiddati va texnologiyalar davrida yashar ekanmiz, yoshlarning ongi va ma’naviy-ijtimoiy muhiti nima bilan band bo‘lsa ana osha omil ertaga kelajagimizni belgilab berishi aniq.
Talabalik esa aynan eng jo‘shqin va fikrlar xilma-xil bo‘lgan bir davr hisoblanib, shaxsning yetuklik va kasbiy layoqatlari rivojlanishi bilan birga uning mafkuraviy tushunchalari ham odam bolasining suyagi qotishishganiday rivojlanib o‘sib boradi. Respublikamizda turli yetuk mutaxasislar yetishtiruvchi oliy ta’lim dargohlari kabi Toshkent tibbiyot akademiyasida ham o‘z kasbining bilimdonlari va har tomonlama malakali kadrlar yetishtiruvchi dargohdir.
Talabalarning ilk qadamlaridan o‘z kasbini fidoiysi bo‘lish uchun aytiladigan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiridagi qasamyodi ham aynan shifokorning nafaqat mutaxasis bo‘lishi balki insonlar hayotini asrash, bemorning joniga oro kiritish qanchalik sharafli burch ekanligini anglatish bilan bilan bog‘liq jarayondir.
Har bir insonning oldiga qo‘ygan orzulari ro‘yobida esa albatta unga yo‘l ko‘rsatuvchi, yo‘lda yetaklab yuruvchi pedagogi ya’ni ustozi bo‘ladi. Ustozlik shunday ulug‘maqomki undan ham bilim, ham tajriba-saboq va tarbiya olish mumkin. Shunday ekan Tibbiyot akademiyasida ham birinchi galda yosh talabalarning ustoz bilan ishlashiga, “Ustoz-shogird” qadryatlarini rivojlantirilishiga katta e’tibor qaratilib uning zamirida keng imkoniyatlar yo‘li ochilgan. Bularga misol qilib turli fan olimpiadalari, iqtidorli talabalarning 200 dan oshiq akadmiklar va professorlarimiz nomidagi stipendiyalari, 70 dan ortiq fan to‘garaklari, uch avlod uchrashuvlari va ilmiy tadqiqot ishlarini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin.
Shu o‘rinda tibbiyot akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor T.A.Bobomuratovning ushbu gaplarini esga olib o‘tish kerak deb bildim: “Bugungi talaba kechagidan ancha farq qiladi. Bugun zamon shiddat bilan glabollashuv davrida ustozdan juda katta ilmiy pedagogik mahoratni, talabaning ongi va uning intilishi bilan yashashni, zamonaviy dasturlar, sun’iy intelektdan samarali foydalanishni talab etadi. Shuningdek talabalardan ham fanlarni o‘zlashtirishda yangi dunyo bilimlarini o‘z hayotiga joriy etishni, o‘qishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanib, dunyoqarashini kengaytirishi kerakligini, vaqtdan samarali foydalanish zarurligini ta’kidlaydi. Keyinchalik sharafli kasbda va insoniy fazilatlarda tengi yo‘q bo‘lgan shogird ortidan ko‘pchilik: “bu kimning farzandi ekan?, bu kishining ota-onasi qanday tarbiya bergan ekan?, bu insonning ustozi keim ekan?” deb yurishlari aynan har bir insonning bu hayotdagi eng qiymatli hayotiy yutug‘i deb hisoblayman”.
Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalar turar joyida faoliyat olib boruvchi bir guruh tarbiyachi-pedagoglar ham aynan bilimli, aql idrokli, bugunki globollashuv zamonidan nojoya va salbiy illatlardan holi, ma’naviy yetuk talabalarni o‘stirish va ularga rivojlanishi uchun yordam berishga tayyor. Tarbiyachi pedagoglar tomonidan ishlab chiqilgan yillik rejada ayniqsa talabalarning darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ularning qiziqishidan kelib chiqib turli tadbirlar tashkil etishga qaratilgan ishlar va masalalar mavjud. Shuningdek talabalarni huquqbuzarlikdan asrash maqsadida huquqbuzarlik profilaktikasi hamda turli jinoyat(o‘g‘rilik, kiberjinoyat, terorrizm, firibgarlik va narkomaniya)lardan ogohlantirish maqsadida ham soha mutaxasislari bilan hamkorlikda ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Talabalarning bo‘sh vaqti bu aynan darsdan keyingi, madaniy hordiq va dam oladigan payti bo‘lsa bu borada ham talabalar turar joyida qiziqarli va ommabop sport turlari, badiiy va havaskorlik to‘garaklari tashkil qilingan. Shuningdek barcha talabalar turar joylarida kutubxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Tarbiyachi pedagoglar toimonidan talabaning mafkuraviy va ma’naviy imunitetini ko‘tarish maqsadida “Jadidchilik nomoyondalari”, “Til-millat ko‘rki” va boshqa turdagi milliy ma’naviyatni yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Talabalarning taklif va istaklaridan kelib chiqib dam olish kunlarida konsert va kinofilmlar namoishi o‘tkazilib kelinadi. Albatta talabalarning o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib, ularning taklif va tashabbuslarini ham umumnorma asosida qabul qilish kerak. Shu bilan birgalikda jamoat joyi hisoblangan talabalar turar joyida sog‘lom ma’naviy muhit ham bo‘lishi lozim.