Joriy yilning 04.02.2025 yil sanasida sportning shaxmat turi bo’yicha Toshkent shahar hududiy bosqichi bo’lib o’tdi. 30 dan oshiq Oliy ta’lim muassasalari ishtirok etgan ushbu musobaqada talaba yoshlar sportning shaxmat turi bo’yicha shiddatli va qizg’in bellashuvlar olib bordilar. Musobaqa natijalariga ko’ra, Toshkent tibbiyot akademiyasi Farmasevtika, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy ma’lumotli hamshira fakulteti talabasi Samandarov Sherzod Abduazim o’g’li faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdi. Yosh shaxmatchi talabamizning kelgusi o’qish va ishlariga omad tilab qolamiz.