Navoiyning asarlari butun Islom dunyosida, keyinchalik Yevropada ham mashhur bo’lib, turli madaniyatlar o’rtasidagi ilmiy va ma’naviy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilgan. A.Navoiyijodi ilm-fan, adabiyot va falsafani jahon miqyosida tarqatishda muhim vosita bo’lgan. Shu maʼnoda Alisher Navoiy ijodi jahonshumul ahamiyatga ega bo’lib, uning asarlari nafaqat o’zbek xalqining, balki butun insoniyatning madaniy merosi sifatida qadrlanadi. Uning asarlaridagi falsafiy, axloqiy, ilmiy va estetik qadriyatlar zamonaviy adabiyot va madaniyatga katta ta’sir ko’rsatgan.
Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi
![Alisher Navoiy](https://tma.uz/wp-content/uploads/2025/02/photo_5278606083885234375_y.jpg)