Toshkent tibbiyot akademiyasi Sizlarni, 2025-yil 18-aprel kuni bo’lib o’tadigan “Zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusiga bag‘ishlangan (off/online) Xalqaro yosh olimlarning ilmiy-amaliy konferensiyasiga taklif etadi.
Konferensiya yo’nalishlari:
1. Jarrohlikning dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollari;
2. Terapiyaning dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollari;
3. Onalik va bolalikni muhofaza qilish;
4. Profilaktik tibbiyotning dolzarb muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari;
5. Reabilitatsiya, sport tibbiyoti va an’anaviy tibbiyotning dolzarb muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari;
6. Zamonaviy tibbiyotda IT texnologiyalari;
7. Jamoat sog‘liqini saqlash maktabi va Oliy hamshiralik ishi.
Konferensiya o‘zbek, rus va ingliz tillarida o’tkazilishi rejalashtirilgan.
Konferensiyada ishtirok etish uchun Google forma to‘ldirishingiz kerak!
Dedlayn: 2025-yil 5-aprelga qadar.
Konferensiya o’tkazilish joyi: Toshkent sh., Farobiy, 2-ko‘chasi, TTA akademik litsey zali