Toshkent Tibbiyot Akademiyasi “Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika” kafedrasi jamoasi Jizzax viloyati oliy ta’lim muassasalarida amaliy tashrif bilan bo‘lib, I2-PLEDGE “Biotibbiyot muhandisligi” yo‘nalishidagi seminarlarni o‘tkazdi.
🔹 Kafedra mudiri, dotsent M.I. Bazarbayev hamda assistentlar F. Arziqulov, U. Isroilov, S. Egamov Jizzax politexnika institutining Energetika muhandisligi fakulteti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
🔹 Jizzax davlat pedagogika universiteti Tibbiyot fakultetida ham seminar o‘tkazilib, loyiha doirasida ilmiy va akademik hamkorlik imkoniyatlari keng muhokama qilindi.
📌 Mazkur tashriflar biotibbiyot muhandisligi sohasida innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish va universitetlararo tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.