O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish va atrof-muhitni asrash, shuningdek, “yashil iqtisodiyot” yilini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmonida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida sportni ommalashtirish va rivojlantirish, sport klublari faoliyatini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilangan.
Ushbu vazifalar doirasida, 2025-yilda amalga oshiriladigan reja-grafik asosida, talaba-yoshlarni sog‘lom hayot tarziga targ‘ib qilish va ularni doimiy sport bilan shug‘ullanishga jalb etish maqsadida “Talaba — yugur” ko‘ngillilar yugurish musobaqalari e’lon qilinadi.
Musobaqalar yuqori rag‘bat va ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan holda, barcha talabalar uchun yugur.uz raqamli platformasidan ro‘yxatdan o‘tish va o‘z sog‘lig‘i uchun foydali bo‘lgan sport faoliyatida ishtirok etish imkoniyati yaratildi. Musobaqada ishtirok etish orqali nafaqat sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, balki universitetlararo do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash hamda jismoniy va ruhiy sog‘likni yaxshilash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumotlar uchun yugur.uz raqamli platformasiga tashrif buyurishingiz mumkin.