Toshkent davlat tibbiyot universitetida Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish 2025-yil 8-avgust 18:00 dan boshlanishini ma’lum qilamiz.
ESLATMA! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.
Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun Talabalar turar joyida ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
- 1-kurs talabalari uchun 55-65 foiz;
- 2-kurs talabalari uchun 15-20 foiz;
- 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20-25 foizgacha ajratiladi.
Arizalar qabuli 8-avgust 18:00 dan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.
Savol va murojatlar uchun: 99-767-09-45; 71-214-84-18



