2025-yil mamlakatimizda “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti hamkorligida yangi platforma – “EkoMed” klubi tashkil etildi.
EkoMed – bu:
Talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish;
Ekologik va tibbiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash;
Siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etish imkonini beruvchi makon;
Volontyorlik loyihalari, ezgu va xayriya aksiyalarini amalga oshirishda yoshlarni birlashtiruvchi kuch;
Universitet miqyosida yetakchilik va tashabbuskorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyat.
Kimlar a’zo bo‘lishi mumkin?
Toshkent davlat tibbiyot universiteti bakalavriat va magistratura talabalari;
Professor-o‘qituvchilar;
Toshkent shahri va viloyatlardagi boshqa tibbiyot oliygohlari vakillari.
ToshDavTU tomonidan tasdiqlangan klub Nizomi bilan tanishish:
https://drive.google.com/file/d/1AkF88diiVmyNCaCMaWu4cI8ssFv_t4hJ/view?usp=drivesdk
Qanday qo‘shilish mumkin?
Onlayn so‘rovnomani to‘ldiring:
Qanday qo‘shilish mumkin? Onlayn so‘rovnomani to‘ldiring:



