2025-yil 5-sentabr kuni Buxoro shahrida Abu Ali ibn Sino tavalludining 1045-yilligi hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining 35-yilligiga bag‘ishlangan xalqaro tibbiyot forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradovga Buxoro davlat tibbiyot institutining «Faxriy professori» unvoni tantanali ravishda topshirildi.
Ma’lumot uchun: ushbu forumda Xitoy, Hindiston, Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Polsha, Tojikiston davlatlaridan oliygohlar rektorlari, nufuzli olimlar, professor va mutaxassislar ishtirok etdilar.



