Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradovning 2025/2026-o’quv yilining boshlanishi munosabati bilan talabalarga tabrigi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida yangi 2025/2026-o‘quv yili boshlandi

Aziz talabalar!

Sizlarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan chin qalbimdan tabriklayman! “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida boshlanayotgan ushbu yil sizning hayotingizda yangi bilimlar, yuksak marralar va muhim yutuqlar davri bo‘lishiga ishonaman.

Tibbiyot yo‘lini tanlagan har biringiz sharafli va mas’uliyatli kasb egasi bo‘lish sari qadam qo‘ydingiz. Sizning bilim va mahoratingiz kelgusida minglab insonlarning sog‘lig‘i, hayoti va taqdiriga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, o‘qishga bo‘lgan intilish va fidoyiligingizni hech qachon yo‘qotmang.

Universitetimiz jamoasi sizni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni yaratadi. Sizlardan esa faqatgina sabr, izlanish va yuksak mas’uliyat talab etiladi.

Yangi o‘quv yilida barchangizga mustahkam sog‘liq, yuqori natijalar va ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Hurmat bilan,
Shuxrat Boymuradov Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan