Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida profilaktik suhbat tashkil etildi

Xavfsiz va sog‘lom yurt

2025-yil 11-sentabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetining Stomatologiya kampusida “Toshkent shahrida xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida profilaktik davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Yashnobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik Ibrohim Zoxidov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Jasur Jurayev, kiberxavfsizlik bo‘limi katta inspektori Alisher Davletov, Yakkasaroy tumani IIO FMB 2-son ichki ishlar boʻlimi boshlig‘i o‘rinbosari Jasur Alimov, IIO FMB M va FRB boshlig‘i o‘rinbosari Sanjarbek Egamov, universitet profilaktika inspektorlari, fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari, tyutorlar, professor-o‘qituvchilar va mas’ul xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda mas’ul xodimlar tomonidan yoshlar orasida giyohvandlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda unga qarshi kurashish, kiberxavfsizlik borasida profilaktik ma’ruzalar tinglandi.

Uchrashuv yakunida yoshlarga giyohvandlikning zararli oqibatlarini ochib beruvchi “Giyohvandlik – umr zavoli” nomli videorolik namoyish etildi.

Xavfsiz va sog‘lom yurt Xavfsiz va sog‘lom yurt

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan