Toshkent davlat tibbiyot universiteti bitiruvchisi dunyoning TOP-50 universitetiga grant asosida qabul qilindi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti bitiruvchisi dunyoning TOP-50 universitetiga grant asosida qabul qilindi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalariga yaratayotgan keng imkoniyatlari o‘z samarasini bermoqda. Universitetning Biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishini joriy yilda muvaffaqiyatli tamomlagan Marjona Qiyomova ilmiy izlanishlari va tashabbuskorligi bilan nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda ham e’tirof etildi.

Marjona Qiyomova, universitetdagi zamonaviy ta’lim va ilmiy muhitdan unumli foydalangan holda, nufuzli “LEE Jong-wook Fellowship Program” xalqaro dasturi g‘olibi bo‘ldi va 100% grant egasi sifatida dunyo QS reytingida TOP-50, Janubiy Koreyada esa TOP-3 talikda qayd etilgan Yonsei universitetining Biotibbiyot muhandisligi magistraturasiga qabul qilindi.

“Bu yutuqqa erishishimda Toshkent davlat tibbiyot universitetidagi mukammal ta’lim tizimi, professor-o‘qituvchilarimning doimiy qo‘llab-quvvatlovi va yaratilgan imkoniyatlar katta ahamiyat kasb etdi. Universitet rahbariyati va ustozlarimga samimiy minnatdorlik bildiraman”, – deydi yosh olima.

Batafsil: Toshkentdan Seul sari: Yosh olimaning ilmiy izlanishlari va xalqaro yutuqlari

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan