Italiyaning Trieste Universiteti bilan hamkorlik o’rnatildi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Italiyaning Trieste Universiteti o‘rtasida o’zaro Hamkorlik Shartnomasi imzolandi.

Shartnoma doirasida Trieste Universiteti tibbiyot fakulteti bilan hamkorlikda turli hil loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan. Jumladan Erasmus dasturlarida birgalikda qatnashish, Trieste Universiteti yetakchi mutaxassislari va professor-o’qituchilarini o’quv jarayonlariga jalb etish, hamda birgalikda o’quv va ilmiy-amaliy tadbirlar o’tkazish kabi yo’nalishlarda hamkorlik olib borish ko’zda tutilgan.

Ma’lumot uchun: Trieste Universiteti 1924 yilda tashkil topgan. Universitetda 10 ta fakultet mavjud bo’lib, ularda 16 000 nafarga yaqin talaba tahsil oladi.

Translate: Eng Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan