Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Belarus Respublika gigiyena, epidemiologiya va jamoat salomatligi markazi o‘rtasida o‘zaro Hamkorlik Shartnomasi imzolandi.
Imzolangan Shartnoma tibbiy-profilaktika, gigiyena, epidemiologiya va jamoat salomatligi sohalarida o’zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, o’zaro ilmiy-amaliy tadbirlarda qatnashish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikka yo‘l ochadi.
Ma’lumot uchun: Belarus Respublika gigiyena, epidemiologiya va jamoat salomatligi markazi – mamlakatda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlovchi davlat muassasasi hisoblanadi. Markaz 1968 yilda tashkil etilgan bo’lib, ilmiy tadqiqotlar, tibbiy-profilaktika, gigiyena, epidemiologiya va jamoat salomatligi bo‘yicha xalqaro loyihalar, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash va kasalliklarning oldini olish kabi salmoqli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.



